Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazmda yangi ochilgan o‘quv markazida AKT vazirining birinchi o‘rinbosari yoshlar uchun master-klass o‘tkazdi
    28.11.2020

    Bugun 28 noyabr kuni  Xorazm viloyati  Qo‘shko‘pir tumanida  yana bitta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligi va Qo‘shko‘pir tumani hokimligi rahbar va xodimlari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etdilar.

    Ushbu markaz Xorazm viloyatida tashkil etilgan sakkizinchi o‘quv markazi hisoblanadi. O‘quv markazini tashkil etish uchun Qo‘shko‘pir tumanidan “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialiga qarashli bo‘sh turgan bino tanlab olindi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

    Markaz zamonaviy kompyuter va robototexnika texnikalari bilan jihozlandi, unda aholi va yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida zamonaviy bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    O‘quv markazi faoliyatining ilk kunida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos markazga tashrif buyurgan yoshlar uchun master klass o‘tkazdi.

    Ushbu markazda yoshlar uchun kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi va dizayn, robototexnika, veb dizayn asoslari, dasturlash tillari, veb va mobil ilovalarni yaratish kabi o‘quv kurslari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbar va xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.