“IMAN” startapi rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan eng yirik xalqaro startap tanlovining milliy saralash bosqichining g‘olibi deb topildi. Mazkur loyiha xalqaro musobaqaning mintaqaviy bosqichida ishtirok etadi.
“IMAN” xaridor va investorlarni birlashtiruvchi yagona savdo maydonchadir.
Mintaqaviy boshqich natijalariga ko‘ra o‘nta startap tanlab olinib, har biriga 50 ming dollar miqdorida summa ajaratilib beriladi hamda tanlovning Grand Finalida ishtirok etishga va bosh sovrini — 500 ming dollarni qo‘lga kiritishga imkoniyat beriladi.
Tanlovning mintaqaviy bosqichining oylik investitsion dasturini, startaplarga sarmoyalarni tayyorlashga yordam beradigan qayta ishlangan va moslashtirilgan dasturni oʻz ichiga qamrab oladi.
Tanlovning mintaqaviy bosqichi 2021-yil yanvar oyining oxirida onlayn tarzda ko‘rsatiladi. Tomoshabinlar tanlov gʻolibining har bir chiqishlarini koʻrishlari va startap jamoalarining tarixlari haqida koʻproq bilib olishlari mumkin. Chiqishlarning yakunlarida mintaqaviy go‘liblar va 2021-yil mart oyida o‘tkazilayotgan Grand-final ishtirokchilari aniqlanadi.
Manba: Axborot xizmati