Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda “IT MARAFON – 2021”ga start berildi
    02.12.2020

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan yurtimizdagi maktab oʻquvchilari, talabalar va dasturlashga qiziquvchi barcha yoshlarimiz uchun “IT MARAFON-2021” tanlovi boshlandi.

    Dasturlash boʻyicha IT MARAFONda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli masalalarni ishlashi kerak boʻladi.

    Ushbu marafon uch bosqichdan  bo‘lib o‘tadi.

    Birinchi bosqichda 45 kunlik dasturlash boʻyicha bilimlarni oshirish jarayoni amalga oshiriladi. Bunda TATU professor-oʻqituvchilari tomonidan barcha ishtirokchilarga tanlovga qoʻyiladigan masalalarni yechish boʻyicha kerakli tushuncha va yoʻriqnomalar beriladi. 45 kunlik marafonning intensiv darslari bepul onlayn tarzda olib boriladi. Marafon natijalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatqichkarga ega boʻlgan ishtirokchilar ikkinchi va uchinchi bosqichlarga yoʻllanma oladilar.

    Ikkinchi bosqich faqat TATU yoki uning filiallari birinchi bosqich talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda TATU talabalarining ishtiroki ta’minlanadi hamda taqdirlashi bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqich 2021-yilning yanvar oyi oxirida TATU va uning filiallarida tashkil etiladi.

    Uchinchi bosqich boshqa ishtirokchilardan tuzilgan jamoalar oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Ushbu bosqichda mamlakatimizning barcha yoshlari jamoa (3 kishilik) koʻrinishida qatnashishlari mumkin. Uchinchi bosqich 2021-yilning may oyi oxirida Respublika miqyosida oʻtkaziladi.

    Dasturlash marafonida 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. “IT MARAFON — 2021” dasturlash musobaqasining mukofot jamg‘armasi 60 million soʻmni tashkil qiladi.

    Maʼlumot uchunrobocontest.uz saytida dasturlash boʻyicha oʻzbek tilida kurslar mavjud.

    Marafaonda qatnashish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak: robocontest.uz/register