Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TELERADIOESHITTIRISHLAR SOHASIDA RADIOCHASTOTALARNI TAQSIMLASH VA YAKKA TARTIBDAGI LITSENZIYALAR BERISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILINADI
    06.01.2021

    TELERADIOESHITTIRIShLAR SOHASIDA RADIOCHASTOTALARNI

    TAQSIMLASH VA YAKKA TARTIBDAGI LITSENZIYALAR BERISH BO‘YICHA

    TANLOV E’LON QILINADI

     

    Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2021 yil 11 mart

    Buyurtmanomalar qabul qilishni boshlash: 2021 yil 11 yanvar, soat 9 00 dan

    Buyurtmanomalar qabul qilishni tugatish: 2021 yil 9 fevral, soat 18 00 gacha

    Tanlovni o‘tkazuvchi: Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi

    Tanlov o‘tkazish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislar zali

    Ma’lumot uchun telefon: Hukumat uyi, Komissiya ishchi guruhi 71 239 84 57, 71 239 81 89

    Buyurtmanomalarni qabul qilish: Buyurtmanoma va ilova qilinadigan hujjatlar elektron shaklda (*.pdf formatda, maks. 10 MB) mkk@gov.uz yoki mkk@exat.uz elektron pochta manziliga yuboriladi.

    Buyurtmanomaga Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 10-bandida keltirilgan hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilib, ilova qilinadi.

     

     

     

       lOT

    Radiochastota nominallari yoki multipleks

    Uzatqich quvvati

     

    Tarqatish hududi

    Radioelektron vositalar o‘rnatilgan manzil

      RAQAMLI TELEESHITTIRISHLAR MULTIPLEKSIDA TELEDASTURLARNI TARQATISH

       11

    33 ТВК (566 – 574 МГц)

    5 kWt

    Buxoro viloyati

    Buxoro RTS

       21

    24 ТВК (494 – 502 МГц)

    5 kWt

    Navoiy, qisman Samarqand va Jizzax viloyatlari

    Langar RTS

       31

    44 ТВК (654 – 662 МГц)

    5 kWt

    qisman Surxondaryo viloyati

    Jarqo‘rg‘on RTS

       41

    45 ТВК (662 – 670 МГц)

    1 kWt

    Qisman Surxondaryo viloyati

    Vaxshivar RTS

      FM DIAPAZONDA

      RADIODASTURLARNI TARQATISH

       5

    101,5 МGts

    1 kWt

    Toshkent shahri va qisman Toshkent viloyati

    Toshkent shahri, Navoiy, 69 (Н-180)

       6

    105,4 МGts

    600 Wt

    Toshkent shahri va qisman Toshkent viloyati

    Toshkent teleminorasi

    (Н-375)

       7

    104,4 МGts

    1 kWt

    Toshkent shahri va qisman Toshkent viloyati

    Toshkent teleminorasi

     (Н-375)

      82

    107,0 МGts

    100 Wt

     

    Buxoro shahri va uning atrofdagi tumanlar

    Buxoro RTS

     

    MMDS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANGAN HOLDA

    TELEDASTURLARNI TARQATISH

    93

    2360-2400 МGs

    100 Вт

    Buxoro shahri

    Buxoro RTS

    103

    2360-2400 МGs

    100 Вт

    Navoiy shahri

    Navoiy RTS

    113

    2300-2332 МGs

    100 Вт

    Samarqand shahri

    Samarqand RTS

    123

    2391-2399 МGs

    100 Вт

    Samarqand shahri

    Samarqand RTS

     

    1 - “RRTM” DUKga tegishli raqamli teleuzatkichlar multipleksiga ijara sharti asosida kiritiladi.

    2 - “RRTM” DUKga tegishli radiouzatkich ijara sharti asosida ajratiladi.

    3 - MMDS texnologiyasi uchun radiochastota nominallari ikkilamchi asosda (boshqa radioelektron vositalarga zararli xalaqitlar ko‘rsatmaslik sharti bilan) ajratiladi.

     

    Tanlov shartlari:

    Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, ta’sis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat ko‘rsatish nazarda tutilgan teleradioeshittirish sohasida tanlov asosida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyurtmanoma va lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan yuridik shaxslarning ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.

    Shu bilan birga litsenziya da’vogari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishi kerak.

    Tanlovda ishtirok etish uchun litsenziya da’vogari belgilangan tartibda buyurtmanoma taqdim etadi.

    Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    tanlov takliflari ko‘rib chiqilishi uchun litsenziya da’vogari tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdoridagi yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

    teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun to‘lanadigan davlat bojining yillik summasiga teng zakolat to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

    teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);

    ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni eshittirish rejalashtirilayotgan setkasini, o‘z dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;

    tegishli organlarning teleradioeshittirish ob’ektlarining qo‘riqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;

    teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli bo‘lsa (ijara shartnomasi va boshqalar).

    Litsenziya olishda moliyaviy taklif yopiq va muhrlangan holdagi alohida konvertda taqdim etiladi.

    Litsenziya talablari va shartlari:

    Litsenziyat tomonidan faoliyat ko‘rsatishda quyidagi litsenziya talab va shartlari bajarilishi majburiydir:

    faoliyat sohasi bӯyicha qonun hujjatlariga, davlat, soha standartlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi;

    janr va mazmun jihatidan xilma-xil bӯlgan dasturlarni shakllantirish va ularning jamiyat ma’naviy extiyojlariga mosligini ta’minlash;

    teleradiodasturlarni davlat tili to‘g‘risida qonun hujjatlarini inobatga olgan holda tarqatish;

    qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma (bitimlar) mavjud bo‘lgan sharoitda xorijiy kanallar teleradio ko‘rsatuvlarni qonun hujjatlariga muvofiq;

    xizmatlar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;

    qonun hujjatlari talablariga muvofiq sertifikatlangan teleradio-ko‘rsatuvlarni tarqatishning texnik vositalaridan foydalanish;

    telekommunikatsiya texnik vositalaridan foydalanish qoida va normalari hamda teleradioeshittirish ob’ektlarining sanitariya, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash va xavfsizlik rejimini ta’minlash talablarini, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa litsenziya talab va shartlarining bajarilishi.

     

    Pul o‘tkazish uchun to‘lov rekvizitlari va bank hisob raqamlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 71 238 41 56 telefon raqamiga murojaat qilib, batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

     

     

     

    (Tashkilot blanki)

    №____

       2021 yil «___» __________

     

     

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga


    Teleradioeshittirish sohasida radiochastotalardan foydalanishga tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma

     

    Umumiy ma’lumotlar:

    1. Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

    2. Yuridik manzili:

    3. Telefon, faks raqamlari:

    4. Ommaviy axborot vositalarining nomi:

    5. Eshittirishlar mavzular bo‘yicha yo‘nalishi va nomi:

    6. Eshittirishning rejalashtirilayotgan hajmlari:

    • Umumiy
    • O‘zi tayyorlagan, shu jumladan sotib olinadigan eshittirishlar

    7. Eshittirishlar hajmlari:

    • davlat tilida
    • rus tilida
    • boshqa tillarda

    8. Reklamaning mo‘ljallanayotgan hajmlari va davriyligi

     

    Texnik ma’lumotlar:

    9. Tanlov to‘g‘risidagi e’longa muvofiq foydalanish rejalashtirilayotgan chastota nominali:

    10. Turg‘un studiya uskunasining mavjudligi:

    11. Uzatuvchi stansiyaning quvvati, Vt:

    12. Studiyaning joylashgan joyi, radiouzatuvchi uskunaga dasturlarni uzatish usuli:

    13. Uzatuvchi stansiyani o‘rnatish punkti:

    14. Antennaning taxminiy balandligi ko‘rsatilgan holdagi o‘rnatish joyi, m:

    15. Rejalashtirilayotgan xizmat ko‘rsatish hududi va dastur bilan qamrab olinayotgan aholi soni:

    16. Teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalardan foydalanish huquqi olingan vaqtdan boshlab xizmatlar ko‘rsatishning kafolatlangan muddati:

    Ilova qilinayotgan hujjatlar:

     

    1. _________________________________________________________

    2. _________________________________________________________

    3. _________________________________________________________

    Birinchi rahbar imzosi __________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)

    М.O‘.   2021 yil «___»________________

     

    Ariza ko‘rib chiqish uchun 2021 yil «___»____________da qabul qilindi.

    Masul

    _______________________________________

       (Ma'sul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)

     

    Tanlov (o'zbek tilida)