Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati Furqat tumanida Raqamli texnologiyalar markazi o‘z ishini boshladi
    09.12.2020

    Farg‘ona viloyati Furqat tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park ko‘magida Raqamli texnologiyalari markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, tizimdagi korxona va tashkilotlar, tuman hokimligining rahbar va xodimlari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.