Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    14.12.2020

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida ochildi. Mazkur markaz “O‘zbektelekom” AK Qashqadaryo filialining Nishon telekommunikatsiya bog‘lamasi qoshida tashkil etildi.

    O‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, tizimdagi korxona va tashkilotlar, Nishon tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbar va xodimlari, tuman faollari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Mazkur markazda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quv markazi, robototexnika o‘quv markazi va kibersport yo‘nalishlaridan tashkil topgan. Unda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi, dasturlash, veb-dizayn va robototexnika asoslari bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi.

     

    Manba: Axborot xizmati