Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buloqboshi tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi
    14.12.2020

    Andijon viloyati Buloqboshi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Buloqboshi tuman hokimligi va IT Park ko‘magida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasi boshlig‘i Ziyodulla Samatov va Buloqboshi tumani hokimi O‘tkirbek Mamurov hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi, robototexnika asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslari orqali tumanda axborot tehnologiyalariga qiziquvchi yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni ommaga keng tatbiq etishga qolaversa iqtidorli yoshlarni frilans sifatida ish faoliyatini boshlashga ko‘maklashishga mo‘ljallangan.

    Manba: Axborot xizmati