Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan viloyatida 12 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
    15.12.2020

    2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Joriy yil 28 aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

    Ushbu hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bugun   15 dekabr kuni Namangan viloyatidagi barcha shahar va tumanlarida 12 ta  Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ish faoliyatini boshladi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari yangi zamonaviy ta’mirlanib, mebel, kompyuter va orgtexnika qurilmalari bilan jihozlandi.

    Ularning umumiy maydoni 3 ming 817 kv.metrni tashkil etib, mebel jihozlari, ortexnika va 490 ta zamonaviy kompyuter bilan jihozlangan.

    Markazlarning barchasi 15 dekabr kuni Namangan shahri va tumanlarida tantanali ochildi.

    Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Sh.Egamberdiyev, Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzaqov, shahar va tumanlar hokimlari, vazirlik mas’ul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdilar.

    Tadbirlarda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, yosh dasturchilar, axborot texnologiyalarini o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

    Manba: Axborot xizmati