Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bog‘dod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    23.12.2020

    Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumanida “O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona filiali binosida tashkillangan navbatdagi Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi ochildi.

    Ushbu markaz viloyatdagi yettinchi markaz bo‘lib bugungi kunga qadar viloyatning Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlarida va Dang‘araYozyovon, FurqatBuvayda, So‘x tumanlarida takshil etilib foydalanishga topshirilgan.

    Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G. Saidg‘aniyeva, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Farg‘ona viloyati xududiy boshqarmasi, tuman hokimligining rahbar va xodimlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlari va keng jamoatchilik vakillari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi hamda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanib yoshlarga barcha kerakli sharoitlar yaratb berildi.

    O‘quv markazida yiliga Bog‘dod tumanining ikki mingga yaqin yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilib belgilandi.

    Qolaversa, markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.