Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahar va Boysun tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
    25.12.2020

    Surxondaryo viloyati Termiz shahar va Boysun tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi va ushbu hududda tashkil etilgan yettinchi va sakkizinchi o‘quv markazlari hisoblanadi.

    O‘quv markazini tashkil etish uchun “O`zbektelekom” AK Surxondaryo filiali va Boysun telekommunikatsiya bog`lamalarining bo‘sh turgan binolari tanlab olinib, to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi viloyat hududiy tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimligining rahbar va xodimlari, mehnat faxriylari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Mazkur markazlar zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.

    Qisqacha qilib aytganda o‘quv markazlarida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Shu bilan birgalikda o‘quv markazlarida viloyat, Termiz shahar va Boysun tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati