Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida o‘n birinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ish boshladi
    31.12.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish doirasida vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

    Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Xorazm viloyati Xiva tumanida ochildi. Ushbu markaz Xorazm viloyatida tashkil etilgan o‘n birinchi o‘quv markazi hisoblanadi. O‘quv markazini tashkil etish uchun Xiva tumanidagi umumta’lim maktabining bo‘sh turgan binosi tanlab olindi va zamonaviy talablar asosida to‘liq ta’mirlandi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasi, Xiva tumani hokimligi rahbar va xodimlari, tumanning faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

    Markaz zamonaviy kompyuter texnikalari va mebel jihozlari bilan jihozlandi. O‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligini oshirishdasturlash, robototexnikakibersport hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda bilimini oshiradilar. Shu bilan birga yoshlar axborot texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.

    Manba: Axborot xizmati