eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT tizimidagi yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tadi
    16.01.2020

    18-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov soha tizimidagi o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan uchrashadi. Muloqotda videokonferensaloqa orqali viloyatlardagi yoshlar ham ishtirok etishadi.

    Ta’kidlash kerakki, Prezident lavozimida faoliyat davrining birinchi kunlaridan boshlab Muhtaram yurtboshimiz yoshlarning tarbiyaviy va ahloqiy-ma’naviy masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan davlat yoshlar siyosatining huquqi negizi mustahkamlandi. Yoshlar masalalari bo‘yicha Respublika idoralararo kengashi tuzildi, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar tizimlari takomillashtirildi, va 30-iyun kuni Respublikamizda Yoshlar kuni deb belgilandi va e’lon qilindi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishi muhim tarixiy ahamiyat kasb etib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatgandi.

    Manba: Axborot xizmati