O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020 yil 28-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjuman o‘tkazadi.
Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida III-yo‘nalishi “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” masalalariga bag‘ishlanadi.
Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Manba: Axborot xizmati