Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 2020 yil davomida qator investitsiya loyihalari reja bo‘yicha bajarildi
    05.02.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi PQ–4563-son qarori bilan tasdiqlangan 2020 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi bo‘yicha 2020 yil davomida bir nechta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, belgilangan reja ortig‘i bilan bajarilishiga erishildi.

    Xususan, davlat kafolati ostida Yaponiyaning JBIC hamda SMBC banklari kredit mablag‘larini jalb qilgan holda “Magistral va multiservisli ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi bo‘yicha takomillashtirish” hamda magistral tarmoqni zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi asosida kengaytirish" loyihalari amalga oshirildi.

    Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida tarmoqlararo ulanish imkoniyati kengaytirildi, Transport kommutatsiya markazlari umumiy sig‘imi oshirilib, bir vaqtning o‘zida bog‘lanishlar soni oshirildi, radiorele uskunalari modernizatsiyalandi. Buning natijasida xizmatlar sifati va tezkorligi oshirilishiga erishildi.

    Shuningdek, magistral va multiservis ma’lumotlar uzatish tarmoqlari kengaytirildi.

    Mazkur loyihalarni amalga oshirishning yakuniy natijasi foydalanuvchilarga sifatli va tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati