Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik xodimlariga ularning huquqlari tushuntirildi hamda Mehnat Kodeksining yangi tahriri to‘g‘risida ma’lumot berildi
    12.02.2021

    2021-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi ishchilarining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida ma’limot berish hamda yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksini mazmun-mohiyatini tushuntirish boʼyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Markaziy apparati Kadrlar bo‘limi rahbar va xodimlari ishtirokida onlayn shaklda oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    Dastavval o‘quv soati ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi to‘g‘risida ma’limot berildi. Ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Mehnat kodeksi yigirma besh yil oldin qabul qilingan bo‘lib, hozirgi voqeliklar va ular bilan bog‘liq mehnat munosabatlarini hisobga olib isloh qilishga muhtoj edi. Amaldagi Mehnat kodeksini qo‘llash amaliyotining tahlili natijasida uning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, takomillashtirishni, shuningdek qayta ko‘rib chiqishni talab qiladigan normalar borligi aniqlandi.

    Mehnat Kodeksining yangi tahririning hususiyat va afzalliklari ko‘rib chiqildi. Mehnat kodeksi yangi tahririning loyihasida amaldagi Kodeksdagiga qaraganda ikki baravar ko‘p moddalar bor. Ammo, gap ularning miqdorida emas, balki, Mehnat kodeksining yangi tahrirda qabul qilinishi xodimlar va ish beruvchilarga qanday imkoniyatlar yaratilganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi va mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi.

    Tadbir savol-javob qismi bilan yakunladi.