Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryoda АKT vazirligi xodimlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi
    17.02.2021

    Vazirlikning 2020 yil 3 fevraldagi har haftada yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib borish bo‘yicha o‘quv soatlari o‘tkazish yuzasidan 32-8/689-sonli topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlikning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasida 2021 yil 17 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 10 fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq oʼtishni taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida hududiy boshqarma xodimlariga o‘quv seminari oʼtkazildi.

    Seminar davomida ishtirokchilarga lotin yozuviga bosqichma-bosqich o‘tishda vazirlik va idoralarga berilgan vazifa va topshiriqlar yuzasidan maʼlumotlar berib oʼtildi.

    Seminar so‘ngida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachi tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati