Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi xodimlariga odob-axloq namunaviy qoidalari to‘g‘risida ma’lumot berildi
    19.02.2021

    2021-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarini odob-axloq namunaviy qoidalarini tushuntirish maqsadida yuridik fanlari doktori B. Ismoilov tomonidan oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati ishtirokchilarga kasb etika institutining paydo bo‘lishi, asosiy tushunchalari, kategoriyalari hamda printsiplari, sohaviy kasb etika qoidalari rivojlanishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2016 yil 2 mart kuni qabul qilingan 62-sonli qarori talablari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

    Seminar so‘ngida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachi tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati