Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik xodimlariga radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish qonunosti hujjatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi
    26.02.2021

    2021-yil 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Radiochastota spektriga oid Qonun va Qonun osti hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish  boʼyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Markaziy apparati Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo‘limi, “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK va AT “Aloqabank” rahbar va xodimlari ishtirokida onlayn shaklda oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha mavjud bo‘lgan qonuniy va normative-huquqqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini ochib beradigan ma’lumotlar keltirildi.

    Seminar so‘ngida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachi tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.