Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT sohasi xodimlariga Prezident va Hukumat tomonidan qabul qilingan qator normativ-huquqiy hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha ma’lumot berildi
    02.04.2021

    2021-yil 02-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Prezident va Hukumat tomonidan qabul qilingan qator normativ-huquqiy hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati hamda korrupsiyaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasini ishlab chiqish tartibi bo‘yicha soha xodimlariga tushuntirishlarni berish boʼyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’sul xodimlari tomondan o‘quv soati o‘tkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    Xususan, “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6191-son Prezident Farmoni bo‘yicha Elektron hukumatni rivojlantirish boshqarmasi mas’ullari D. Mirzayev va A. Abdulaxadov, “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5033-son Prezident Qarori bo‘yicha Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi mas’uli A. Rizayev, Vazirlar Mahkamasining 134-son qarori Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, soxa kadrlarini tayyorlar va qayta tayyorlash mas’uli G. Djalilov va boshqa hujjatlarining mazmun-mohiyati Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi hamda Yuridik bo‘limi ma’sullari tomonlaridan mazkur normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

    Tadbir yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachilar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati