Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari sohasidagi telekommunikatsiya yo‘nalishidagi islohotlar to‘g‘risida brifing bo‘lib o‘tadi
    12.03.2021

    15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Matbuot kotibi Sh. Axmatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi.

    Ommaviy axborot vositalarida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ayrim ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar boshqacha talqinda tarqatilishi to'g'risida so'z olib borilib, ushbu maʼlumotlarga aniqlik kiritiladi. Ushbu tarqatilgan maʼlumotlar, O‘zbekiston Respublikasining Аdliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Senati yalpi majlisida so‘zlagan nutqidan olingan.