Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Respublikada sud xokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi
    04.05.2021

    2021-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi va Raqamli strategik rivojlantirish boshqarmasi rahbar va xodimlari ishtirokida onlayn shaklda oʼquv soati oʼtkazildi.

    Respublikada sud xokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish borasida Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

    Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlari portali, Sud qarorlarini internet butunjahon axborot tarmog‘ida e’lon qilish tizimi, Sudlarga elektron murojaat qilish tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining elektron to‘lov (billing), Sud majlislarida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish uchun videokonferensaloqa tizimlarining mazmun-mohiyatlari ma’ruzachi tomonidan to‘liq tushuntirib berildi.