Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kompyuter tarixiga nazar
    17.05.2021

    Mamlakat rivojini zamonaviy kompyuter va texnologiyalarsiz tasavvur qilish mushkul. Ilm-fan taraqqiyoti hamda sohalarning rivojlanishida ular alohida ahamiyat kasb etadi. Kompyuterlar axborotni aniq maqsad yo‘lida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarini tubdan o‘zgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beribgina qolmay, hozirgi kun talabiga mos darajada rivojlanishimiz zarurligi kabi bir qator vazifalarni qo‘ymoqda.

    Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi “to compute”, “computer”, so‘zlarining hosilasi bo‘lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so‘z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma’nosi mashinalarning o‘ziga ko‘chirildi, biroq, zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni ham bajaradilar.

    XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash mashinalari  (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Kompyuter  bu - turli hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.

    1943-yilda AQSh armiyasi buyurtmasiga ko‘ra, Pensilvaniya universiteti olimlari Djon Mochli va Prespera Ekerta tomonidan elektron lampalar asosida boshqa EHMni yaratgan. Uning nomi ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer - Elektron raqamli integrator va kompyuter) bo‘lib, keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirish uchun qayta dasturlash mumkin bo‘lgan ilk elektron hisoblagich yaratildi. Og‘irligi 30 tonna, uzunligi 30 metr bo‘lib, tarkibida 18 ming elektrolampalar bor edi. Mashinada 1950-yilda birinchi muvaffaqiyatli raqamli ob-havo prognozi ishlab chiqilgan.

     

    Shaxsiy kompyuter  tushunchasi XX asrning 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanilib, ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi.

    1981-yilda “IBM” firmasi shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple firmasi esa “Macintosh” kompyuterini yaratishdi.

    Umuman aytganda, bugungi kunda so‘nggi qulayliklarga asoslangan bunday texnologiyalarning yaratilishi, ilm-fan nufuzini yanada oshirishga, ilmiy salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashga, yosh olimlarni ilm-fanga keng jalb etishga zamin yaratadi.

     

    Birinchi kompyuterlar paydo bo‘lganidan beri ancha vaqt o‘tdi va ularning rivojlanishi jarayonida juda ko‘p qiziqarli hodisalar ro‘y berdi. Quyida g‘ayrioddiy va hayratlanarli faktlar bilan tanishishingiz mumkin:

    - CD'larning hajmi 720 MBni tashkil qilgan. Bu, albatta, aniq bir sababga ko‘ra o‘ylab topilgan. Aniqrog‘i, ishlab chiquvchilar ushbu qiymat uchun Betxovenning to‘qqizinchi simfoniyasi (72 daqiqa) davomiyligini asos qilib olishgan.

    - Birinchi kompyuter virusi 1982-yilda sistemalarni buzish maqsadida Apple tomonidan ishlab chiqilgan.

    - 1982-yilda “smaylik“ belgisi ro‘yxatga olingan, u aloqa jarayonida tabassumni ifodalash uchun ishlatilgan.

    - Internet orqali yuborilgan barcha elektron xabarlarning qariyb 70 foizi spamdir.

    - Linux operatsion tizimining kompaniya belgisi - pingvin. Chunki bu sistemani yaratuvchi shaxsni yoshligida zooparkda pingvin tishlab olgan.

    - Kompyuterda "con" nomi bilan papka yaratish mumkin emas

    - Faqat MDH davlatlarida @ bu belgi "kuchukcha" deb nomlanadi. Boshqa mamalakatlarda esa bu belgini "shilliq qurt" yoki "maymuncha" deb nomlashadi.

    - Shvetsariyada katta hajmli ma’lumotlar saqlanuvchi server markazlaridan chiqqan issiqlik sabab kichik ko‘ldagi suv iliq turadi.

    - 1981-yilda yaratilgan kompyuter 12 kilogramm tosh bosgan. Uning monitor ekrani esa atigi 5 dyum bo‘lgan

    - Barcha eski domen zonalarida uch harfli bo‘sh domenlarni topish imkonsiz

    - Statistikaga ko‘ra, aksariyat kompyuterlar o‘z imkoniyatlarining yarmidan foydalanadi, xolos.

    - Klaviaturaga suyuqlik to‘kilishi kompyuter buzilishining eng ko‘p uchraydigan sababi hisoblanadi. Ikkinchi asosiy sabab esa elektr energiyasidagi uzilishlar bilan bog‘liq.

     

    Manba: Axborot xizmati