Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Davlat xaridlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bo'yicha oʼquv soati oʼtkazildi
    28.05.2021

    2021-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha davlat xaridlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha onlayn shaklda oʼquv soati oʼtkazildi.

    O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” 2021 yil 22 apreldagi O‘RQ–684-son Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan joriy yil 28 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi bilan birgalikda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati hamda tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalari xodimlari uchun onlayn shaklda o‘quv seminari o‘tkazildi. Ushbu o‘quv seminarida mazkur Qonuning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirish bo‘yicha ma’ruza qilindi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.