Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Karmana tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
    11.06.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov  Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Ushbu markaz 2020-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, o‘tgan vaqt mobaynida 72 nafar o‘quvchi ta’lim olib, shundan 55 nafari sertifikatlarga ega bo‘lgan. Hozirda markazda 48 nafar o‘quvchi bilim olmoqda.

    Mazkur markaz Wi-Fi aloqa va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash asoslari, veb dizayn asoslari, kompyuter grafikasi va dizayn, robototexnika, veb va mobil ilovalarni yaratish kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslar uchun mo‘ljallangan. Kibersport rivojlantirish to‘garaklari ham mavjud. Shu bilan birga, markazda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbar va xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha o‘z bilim va malakalarini oshirib kelishmoqda.

    Manba: Axborot xizmati