Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyati yoshlari o‘rtasida kibersport musobaqasi o‘tkazildi
    15.06.2021

    Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan  “Yoshlar oyligi” doirasida Digital city texnoparkida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi, Andijon shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Digital city texnoparki hamkorligida  kibersportning “Counter strike” yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa o’tkazildi.

    Musobaqaning  yakuniy natijalariga ko‘ra,  1-o‘rinni  “Carrigan PRO”, 2-o‘rinni “MYU”, 3-o‘rinni “Kamolot 2017” jamoalari qo‘lga kiritdilar.  

    G‘olib jamoa a’zolari musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

    Manba: Axborot xizmati