Sirdaryo viloyatida “Tumaris EDU” loyihasiga start berildi. Loyiha doirasida o‘tkazilgan tadbirda mutaxassislar tomonidan uch yuzga yaqin xotin-qizlarga batafsil tushunchalar berildi.
Loyihada 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga axborot va kommunikatsiya texnologiyalari o‘rgatilishi, ularning amaliy ko‘nikmalari rivojlantirilishi, raqobatbardosh IT-loyihalarni amalga oshirishda bosqichma-bosqich o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
Dastlabki bosqichda loyiha Sirdaryo viloyati aholisi orasida yuqori malakali mutaxassislarni axborot texnologiyalari, dasturlash va ingliz tili o‘quv dasturlari bo‘yicha tayyorlaydi.
Bugunga qadar loyihaga qiziqish bildirib, axborot texnologiyalari sohasida o‘qish istagida bo‘lgan 620 nafar xotin-qizlar o‘quv kurslarida o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tdilar.
Manba: Axborot xizmati