Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “EMMM” DUK faoliyatini tartiba solish yuzasidan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ma’lumot berildi
    11.06.2021

    2021-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha AKT vazirligi tizimidagi korxona - Elektromagnit moslashuv markazi - “EMMM” DUK faoliyatini tartiba solish yuzasidan me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati ishtirokchilarga mazkur qonunchilikning mazmun-mohiyati, uning me’yorlari va talablari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

    Ma’ruzani quyidagi havola orqali yuklashingiz mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati