Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oltinko‘l va Baliqchi tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari o‘z faoliyatini boshladi
    17.06.2021

    Bugun, 17-iyun kuni Andijon viloyatining ikkita tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi.

    Dastlab, Oltinko‘l tumanidagi pochta bog‘lamasi binosida yangi markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda AKT vazirligi Ishchi guruhi a’zolari, IT Park va tuman hokimligi mutasaddilari, yoshlar ishtirok etishdi.

    Ikkinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi shu kunning o‘zida Baliqchi tumani markazida joylashgan pochta bog‘lamasi binosida ochildi. Andijon viloyatidagi markazlar soni 14 taga yetdi.

    Qayd etish lozimki, har ikki pochta bog‘lamalarida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikda aholiga talabgir elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

    O‘quv markazlarda yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersport, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.

    Manba: Axborot xizmati