Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bo‘stonliq tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
    18.06.2021

    Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi  joylarda sayyor qabullarini tashkil etish hamda murojaatlarni qisqa vaqt ichida samarali, eng muhimi, qonun doirasida hal etish bo‘yicha barcha soha korxonalariga tegishli topshiriqlar belgilab bermoqda.

    Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani aholisi uchun dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari,  AKT vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi hamda tizimdagi korxona va tashkilot rahbarlari va xodimlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. 

    Ushbu sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish hamda har bir murojaat ortida inson taqdiri borligiga alohida e’tibor qaratgan holda mutasaddilardan xohish va iroda, xayotdagi o‘tkir muammolarga tik qaray olish, ularni bartaraf etishning ta’sirchan yo‘llarini topish talab etilmoqda.

    Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, sayyor qabullarda asosan sifatli internet xizmatlarini joriy etish, simli telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish bilan bog‘liq masalalarida fuqarolardan arizalar kelib tushdi.

    E’tiborlisi, keyingi yillarda mobil aloqa operatorlari tomonidan baza stansiyalarining o‘rnatilishi, telesignallarni uzatishda yangi qurilmalardan foydalanish natijasida muammolarga yechim topilmoqda.

    Tushgan murojaatlarni aksariyati ishchi guruh tomonidan shu kuning o‘zida joyiga chiqan holda o‘rganib chiqildi va aloqa tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi.

    Shuningdek, har bir murojaatchining murojaatlari o‘rnatilgan tartibda nazoratga olindi. O‘rganish talab qilinadigan masalalar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.  

    Manba: Axborot xizmati