Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yunusobod tumanida yoshlar festivali boʻlib oʻtdi
    18.06.2021

    Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Respublikamizning barcha viloyat va shaharlarida yoshlar oyligi tashkil etilmoqda.

    Jumladan, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan Yunusobod tumanida yoshlar festivali oʻtkazildi.

    Unda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Mahkamov va mas’ul xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.

    Festival doirasida velo-marafon, turli xil sport o‘yinlari  musobaqasi tashkil etildi va g‘oliblarga esdalik sovg’alari topshirildi.

    “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” tadbirini o‘tkazilishidan maqsad - yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga jalb qilishdan iboratdir. 

     

    Manba: Axborot xizmati