Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon davlat tibbiyot institutida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ochildi
    18.06.2021

    Markaz institut va IT Park hamkorligida tashkil qilingan bo‘lib, unda talabalar, magistrlar, yosh olimlarga ilmiy izlanishlar olib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Ta’kidlash kerakki, institut tarkibida iqtidorli talabalar tomonidan qator ilg‘or loyihalar amalga oshirilmoqda. Oliy o‘quv yurti talabalari Islomjon Bektoshev va Abdurauf Abdurashidovlar ana shunday izlanuvchan yoshlardan.

    Islomjon Bektoshev turli tanlovlarda o‘z loyihalari bilan qatnashib keladi. Uning loyihasi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar, imkoniyati cheklangan insonlar va qariyalar uchun maxsus ishlab chiqilgan oyoq kiyimi.

    Institutning faol talabalaridan yana biri Abdurauf Abdurashidov elektron retsept loyihasini taqdim qildi. Bu loyiha bemorga qo‘lda yozilgan retseptlar orqali boshqa dorilarni adashib bervorish holatlarining oldini olishi bilan ahamiyatlidir.

    Mehmonlar bu kabi loyihalarni yanada takomillashtirish, kelgusida amaliyotga joriy qilish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishib, tegishli tavsiyalarini berishdi.

    AKT vazirligi Ishchi guruhining Andijon viloyati bo‘ylab xizmat safari davom etmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati