Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi Ishchi guruhi “O‘zbektelekom” AK Andijon filialining Andijon shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasi faoliyati bilan tanishdi
    19.06.2021

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov rahbarligidagi Ishchi guruh Andijon viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.

    Xizmat safari davomida Ishchi guruh “O‘zbektelekom” AK Andijon filialining Andijon shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasida bo‘ldi.

    Andijon shahar aholisi 500 ming nafarni tashkil qilib, hozirda aholi xonadonlari va tashkilotlarda 55 mingga yaqin telefon ishlab turibdi. Aholiga sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasi binosining birinchi qavatida zamonaviy Savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari tashkil qilingan. Bu yerda mijozlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xizmat ko‘rsatish ofislarida internet, uy telefoniga ulanish, «UzMobile» sim-kartalarini olish mumkin.

    AKT vaziri Sh. Sodiqov ofis xodimlari bilan suhbatlashdi. Muammolari va rejalari bilan qiziqdi.

    – Avvalo, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun barcha ish sharoitlari qulay bo‘lishi kerak, – dedi AKT vaziri Sh. Sodiqov xodimlar bilan muloqot davomida. – Xodim esa bilimli, o‘z kasbining ustasi bo‘lishi shart. Mijozlarni ko‘ngliga yo‘l topa olish ham bilimni talab qiladi. Shuning uchun doimo o‘z ustlaringizda ishlashlaringiz, o‘qib-izlanishlaringiz kerak bo‘ladi.

    Bog‘lamaning ikkinchi qavatida xizmat xonalari zamonaviy ta’mirlanib, xodimlar uchun qator qulayliklar yaratilgan. Shundan so‘ng Ishchi guruh a’zolari barcha talablarga javob beradigan avtomat telefon stansiyalarini ko‘zdan kechirishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati