Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Konstitutsiya – Mustaqilligimizning va amalga oshirilayotgan islohotlarimizning huquqiy negizi
    09.12.2020

    2020 yil 9-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari xodimlari ishtirokida “Konstitutsiya va Madhiya istiqlol hamda milliy g‘urur timsoli” mavzuidagi davra suhbati o‘tkazildi.

    Davra suhbatida AKT vaziri o‘rinbosari J.Egamberdiyev, barchani yurtimiz hayotida ikki muhim sana bilan qutlab, O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganidan buyon o‘tgan 28 yil mobaynida hayotga izchil joriy etilayotganligi, aynan mana shu hujjat sabab yurtimizda fuqarolar va millatlararo totuvlik ta’minlanib, turmush farovonligi yildan-yilga ortib borayotganligi, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, ta’lim, ilm-fan sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishilayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, barchani jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashni o‘zining muqaddas vazifasi deb bilishga, Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarashga chorladi.

    Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik fanlar doktori, professor Haydarali Muhammedov va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi Zafar Rahmonovlar Bosh qomusimiz – Konstitutsiya xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namuna ekanligi, u qabul qilingan kundan boshlab hozirgacha erkin va ozod, tinch va osoyishta hayotimizning qonuniy kafolati bo‘lib kelayotganligi, huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

    Davra suhbati qiziqarli savol-javoblar bilan yakunlandi.

    Manba: Axborot xizmati