Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Til – millat ko‘zgusi” nomli onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi
    20.10.2020

    Ona tili – millatning ruhidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

    Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989 yil 21-oktabr kuni davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti media markazida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘lishi munosabati bilan «Til – millat ko‘zgusi» mavzusida 5 ta hududiy filiallar professor-o‘qituvchilarini qamrab olgan holda onlayn konferensiya tashkil etildi.

    Tadbirda universitet rektori Sarvar Babaxodjayev, Yunusobod tuman hokimi maslahatchisi A.Maxkamov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yunusobod tuman bo‘linmasi rahbari S.Ahmadaliyev, tuman «Mahalla jamoat fondi», O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari shoir Dilshod Rajabov, Soib Mirzo, Muqimiy nomidagi musiqali davlat drama teatri aktyori Umid Shodmonov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

    Onlayn konferensiyada nafaqat o‘zbek tilining bugungi mavqei hamda ona tilimizning ravnaqi haqidagi fikrlar, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘zbek tilini ravnaqini yanada oshirishga qaratilgan bir qancha amaliy dasturiy mahsulotlarning ham taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Xususan, professor Muhammadjon Musayev boshchiligida “Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalardagi nutq nuqsonlarini reabilitatsiyasida kompyuter dasturlaridan foydalanish” bo‘yicha yaratilgan dastur, o‘zbek tilini targ‘ib qilishda axborot texnologiyalarining o‘rni va salmog‘ini oshirish borasida TATU yosh izlanuvchisi, Informatika kafedrasi assistenti Zarif Qodirov tomonidan yaratilgan “Saxiya virtual roboti”, texnika fanlari doktori Faxriddin Nuraliyev boshchiligida yaratilgan “O‘zbek va qoraqalpoq elektron lug‘ati” kabi amaliy loyihalar shular jumlasidandir.

    Albatta bu kabi dasturlarning boshqa tillarda ishlab chiqilgan ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin lekin aynan o‘zbek tilida mavjud emas edi. Toshkent axborot texnologiyalari professor-o‘qituvchilarining aynan o‘zbek tilini rivojlantirish va targ‘ibot qilishdagi hissalari salmoqli ekanligini yuqoridagi dasturlarni amalga tadbiq etilganligidan ham ko‘rish mumkin.

    Haqiqatdan ham til millat ko‘zgusi. Uning qadri qanchalik baland bo‘lsa, millatga bo‘lgan hurmat ham shunchalik ortib boradi

    Manba: Axborot xizmati