Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda Said Ahmadning 100 yilligi nishonlandi
    11.06.2020

     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan onlayn konferensiya o‘tkazildi. Unda Said Ahmadning qizi Nodira Xusanxo‘jayeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, adiblar, adabiyotshunos olimlar, adibning shogirdlari va zamondoshlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

    Ta’kidlanganidek, Said Ahmad Abdulla Qahhordan keyingi o‘zbek adabiyotida mohir hikoyanavis, o‘tkir hajvchi, xalqimiz sevib o‘qiydigan ko‘plab asarlar muallifidir. Yozuvchi ijodining o‘ziga xosligini bu kulgilarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kulgi adibning bosh quroli hisoblanadi. Said Ahmad yaratgan obrazlarning betakrorligi kulgi orqali yanada jozibali, yorqinroq ko‘rinadi.

    Adib bugun hayot bo‘lganida 100 yoshga to‘lgan bo‘lar edi. Lekin o‘lmas asarlari bilan xalq mehrini qozona olgan Said Ahmad barhayot — u odamlar qalbida, yodida yashamoqda. Keyingi yillarda davlatimiz tomonidan el ardog‘idagi adiblarga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom ma’naviyatimizga berilayotgan yuksak e’tibordir. 

      Adiblar xiyobonida qad rostlagan siymolar ichida Said Ahmad va Saida Zunnunovaning haykali alohida ajralib turibdi. Go‘yo ularning ziyosi shu maskandan ham taralayotgandek.

    Shu kuni erta tongda Adiblar xiyoboniga o‘rnatilgan adib haykali poyiga universitet rahbariyati boshchiligida gul qo‘yildi.

    Manba: Axborot xizmati