Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Parkent tuman pochta aloqa bo‘limi xodimlarining ish faoliyati bo‘yicha ma’lumot
    03.08.2021

    Parkent tumani pochta aloqasi bog‘lamasida pochtalon bo‘lib ishlaydigan “O‘choq”MFY, Zarbuloq ko‘chasi, 19 uyda istiqomat qiluvchi fuqaro XS.Tursunova va “Istiqlol” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Yu.M.Maxmudovalar tomonidan pochta aloqasi bo‘limi ish faoliyati, rahbariyatning mas’uliyatsizligi, ishchi-xodimlarning maoshi kamligi, hattoki pochtaga kelgan ayrim xatlarning ochib o‘qilishi yuzasidan DXX Toshkent viloyati, Parkent tumani bo‘limiga murojaat xati yo‘llangan. Mazkur murojaat xatda keltirilgan mazmundagi «Pochtada ajabtovur o‘yinlar» sarlavhali maqola Parkent tumani, “Parkent tongi” gazetasining 2021 yil 29 iyuldagi 28-sonida ham chop etilgan.

    Mazkur murojaat xat DXX Toshkent viloyati, Parkent tumani bo‘limi tomonidan qoununiy o‘rganib chiqish uchun tuman prokurasturasiga yuborilgan. Parkent tumani prokuraturasining 2021 yil 18 avgustdagi 24/545-21-506-sonli xatiga asosan murojaat xatda keltirilgan holatlar Parkent tumani moliya bo‘limi va Toshkent filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgan va 2021 yil 23 avgust kuni o‘rganish ma’lumotnomasi imzolanib tuman prokurasturasiga qonuniy ko‘rib chiqish uchun topshirilgan. O‘rganish ma’lumotnomasi xulosasiga ko‘ra fuqarolar XS.Tursunova va Yu.M.Maxmudovalarning murojaat xatida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmaganligi ma’lum qilingan.

    Parkent tumani, “Parkent tongi” gazetasining 2021 yil 29 iyuldagi 28-sonida ham chop etilgan «Pochtada ajabtovur o‘yinlar» sarlavhali maqola bo‘yicha Toshkent filiali, Parkent pochta aloqasi bog‘lamasi xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari o‘tkazilgan va o‘rganish natijalariga ko‘ra hamda tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish yakuniga asosan “Parkent tongi” gazetasi tahririyatiga 2021 yil 30 avgust kuni 39-09-04/338 sonli xat bilan javob xati yo‘llangan.