Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi litsenziyalar berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
    31.08.2021

    Teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi litsenziyalar berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

    Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2021 yil 28 oktyabr

    Buyurtmanomalar qabul qilishni boshlash: 2021 yil 30 avgust, soat 9 00 dan

    Buyurtmanomalar qabul qilishni tugatish: 2021 yil 28 sentabr, soat 17 00 gacha

    Tanlovni o‘tkazuvchi: Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi

    Tanlov o‘tkazish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislar zali

    Ma’lumot uchun telefon: Hukumat uyi, Komissiya ishchi guruhi 71 239 84 57, 71 239 81 89

    Buyurtmanomalarni qabul qilish: Buyurtmanoma va ilova qilinadigan hujjatlar elektron shaklda (*.pdf formatda, maks. 10 MB) mkk@gov.uz yoki mkk@exat.uz elektron pochta manziliga yuboriladi.

     

    Buyurtmanomaga Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 10-bandida keltirilgan hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilib, ilova qilinadi.

    LOT Radiochastota nominallari yoki multipleks Uzatqich quvvati Tarqatish hududi Radioelektron vositalar o‘rnatilgan manzil
    RAQAMLI TELEESHITTIRISHLAR MULTIPLEKSIDA TELEDASTURLARNI TARQATISH (STANDART - DVB-T/Т2)
    1 42 ТВК, 638-646 MHz 1 kW Jizzax shahri va qisman Jizzax viloyati Jizzax RTS
    2 35 ТВК, 582-590 MHz 1 kW Jizzax shahri va qisman Jizzax viloyati Qoytosh RTS
    3 44 ТВК, 654-662 MHz 1 kW Qashqadaryo viloyati, Muborak shahri Muborak RTS
    4 37 ТВК, 598-606 MHz 5 kW Аndijon shahri va qisman Аndijon viloyati Аndijon RTS
    5 22 ТВК, 478-486 MHz 5 kW Fargʼona shahri va qisman Fargʼona viloyati Fargʼona RTS
    6 30 ТВК, 542-550 MHz 2 kW Namangan shahri va qisman Namangan viloyati Nurobod RTS
    7 45 ТВК, 662-670 MHz 5 kW Qoʼqon shahri va yaqin atrof tumanlari Qoʼqon RTS
    8 45 ТВК, 662-670 MHz  5 kW Qoʼqon shahri va yaqin atrof tumanlari Qoʼqon RTS
    9 37 ТВК, 598-606 MHz 5 kW Аndijon shahri va qisman Аndijon viloyati Аndijon RTS
    10 30 ТВК, 542-550 MHz 2 kW Namangan shahri va qisman Namangan viloyati Nurobod RTS
    11 “RRTM” DUKning DVB-Т/T2 standartidagi uzatkichlari multipleksi Butun respublika boʼyicha “RRTM” DUKning RTSlari orqali

    FM DIAPAZONDA RADIODASTURLARNI TARQATISH

    12 88,4 MHz 1 kW Toshkent shahri va yaqin atrof tumanlari Toshkent shahri, Navoiy 69 (Н-180)
    13 106,5 MHz 2 kW Toshkent shahri va qisman Toshkent viloyati Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Yunusobod QFY 
    14 100,5 MHz 2 kW Toshkent shahri va qisman Toshkent viloyati Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Yunusobod QFY
    15 106,1 MHz 500 W Toshkent viloyati Chorvoq RTS
    16 89,5 MHz 1 kW Аndijon viloyati Аndijon RTS
    171 106,5 MHz 200 W Buxoro shahri Buxoro RTS
    18 100,5 MHz 500 W Samarqand shahri va qisman viloyati Choʼpon Ota RTS
    19 106,5 MHz 500 W Samarqand shahri va qisman viloyati Choʼpon Ota RTS
    201 102,4 MHz 1 kW Fargʼona shahri va qisman Fargʼona viloyati Fargʼona RTS
    211 100,5 MHz 200 W Navoiy shahri va qisman viloyati Navoiy RTS
    22 102,7 MHz 1,3 kW Аndijon shahri va qisman Аndijon viloyati Аndijon RTS
    23 103,1 MHz 250 W Buxoro shahri Buxoro RTS
    24 106,9 MHz 250 W Navoiy viloyati, Zarafshon shahri Zarafshon RTS
    25 102,5 MHz 250 W Jizzax shahri va qisman Jizzax viloyati Qoytosh RTS
    26 106,9 MHz 250 W Qoʼqon shahri Dangʼar RTS
    27 102,7 MHz 1 kW Navoiy shahri va qisman viloyati Langar RTS
    28 102,7 MHz 250 W Navoiy shahri Nukus RTS
    29 106,9 MHz 250 W Toshkent viloyati, Nurobod manzili Nurobod manzili
    30 102,7 MHz 700 W Toshkent shahri va qisman Toshkent viloyati Toshkent shahri, Navoiy 69 (Н-180)
    31 102,7 MHz 250 W Urganch shahri Urganch RTS
    32 102,7 MHz 250 W Termiz shahri Uchqizil RTS

     

    1   “RRTM” DUK uzatkichiga biriktirilgan radiochastota nominalidan ikkilamchi asosda foydalaniladi.

     

    Tanlov shartlari:

    Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, ta’sis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat ko‘rsatish nazarda tutilgan teleradioeshittirish sohasida tanlov asosida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyurtmanoma va lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan yuridik shaxslarning ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.

    Shu bilan birga litsenziya da’vogari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishi kerak.

    Tanlovda ishtirok etish uchun litsenziya da’vogari belgilangan tartibda buyurtmanoma taqdim etadi.

    Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    tanlov takliflari ko‘rib chiqilishi uchun litsenziya da’vogari tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdoridagi yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

    teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun to‘lanadigan davlat bojining yillik summasiga teng zakolat to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

    teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);

    ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni eshittirish rejalashtirilayotgan setkasini, o‘z dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;

    tegishli organlarning teleradioeshittirish ob’ektlarining qo‘riqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;

    teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli bo‘lsa (ijara shartnomasi va boshqalar).

    Litsenziya olishda moliyaviy taklif yopiq va muhrlangan holdagi alohida konvertda taqdim etiladi.

    Litsenziya talablari va shartlari:

    Litsenziyat tomonidan faoliyat ko‘rsatishda quyidagi litsenziya talab va shartlari bajarilishi majburiydir:

    faoliyat sohasi bӯyicha qonun hujjatlariga, davlat, soha standartlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi;

    janr va mazmun jihatidan xilma-xil bӯlgan dasturlarni shakllantirish va ularning jamiyat ma’naviy extiyojlariga mosligini ta’minlash;

    teleradiodasturlarni davlat tili to‘g‘risida qonun hujjatlarini inobatga olgan holda tarqatish;

    qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma (bitimlar) mavjud bo‘lgan sharoitda xorijiy kanallar teleradio ko‘rsatuvlarni qonun hujjatlariga muvofiq;

    xizmatlar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;

    qonun hujjatlari talablariga muvofiq sertifikatlangan teleradio-ko‘rsatuvlarni tarqatishning texnik vositalaridan foydalanish;

    telekommunikatsiya texnik vositalaridan foydalanish qoida va normalari hamda teleradioeshittirish ob’ektlarining sanitariya, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash va xavfsizlik rejimini ta’minlash talablarini, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa litsenziya talab va shartlarining bajarilishi.

     

    Pul o‘tkazish uchun to‘lov rekvizitlari va bank hisob raqamlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 71 238 41 56 telefon raqamiga murojaat qilib, batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

     

    Toʼlovlarni amalga oshirish uchun bank rekvizitlari

    Hujjatlarni koʼrib chiqish uchun :

    Mablagʼ oluvchi: OʼR АT va KRV

    ShXV 400 110 860 262 777 046 101 078 001

    STIR 201 221 770 OKONX 97 300

    Moliya vazirligi Gʼaznachiligi Аmaliyot boshqarmasi

    x/r: 23402 000 300 100 001 010

    Bank nomi: XKM MB OʼzR Toshkent shahri

    Bank kodi 00 014 STIR 201 122 919

    Zakolat uchun:

    Mablagʼ oluvchi: OʼR АT va KRV

    ShXV 401 410 860 262 777 046 101 078 001

    STIR 201 221 770 OKONX 97 300

    Moliya vazirligi Gʼaznachiligi Аmaliyot boshqarmasi

    x/r: 23402 000 300 100 001 010

    Bank nomi: XKM MB OʼzR Toshkent shahri

    Bank kodi 00 014 STIR 201 122 919

     

     

    (Tashkilot blanki)

    №____

       2021 yil «___» __________

     

     

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga


    Teleradioeshittirish sohasida radiochastotalardan foydalanishga tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma

     

    Umumiy ma’lumotlar:

    1. Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

    2. Yuridik manzili:

    3. Telefon, faks raqamlari:

    4. Ommaviy axborot vositalarining nomi:

    5. Eshittirishlar mavzular bo‘yicha yo‘nalishi va nomi:

    6. Eshittirishning rejalashtirilayotgan hajmlari:

    • Umumiy
    • O‘zi tayyorlagan, shu jumladan sotib olinadigan eshittirishlar

    7. Eshittirishlar hajmlari:

    • davlat tilida
    • rus tilida
    • boshqa tillarda

    8. Reklamaning mo‘ljallanayotgan hajmlari va davriyligi

     

    Texnik ma’lumotlar:

    9. Tanlov to‘g‘risidagi e’longa muvofiq foydalanish rejalashtirilayotgan chastota nominali:

    10. Turg‘un studiya uskunasining mavjudligi:

    11. Uzatuvchi stansiyaning quvvati, Vt:

    12. Studiyaning joylashgan joyi, radiouzatuvchi uskunaga dasturlarni uzatish usuli:

    13. Uzatuvchi stansiyani o‘rnatish punkti:

    14. Antennaning taxminiy balandligi ko‘rsatilgan holdagi o‘rnatish joyi, m:

    15. Rejalashtirilayotgan xizmat ko‘rsatish hududi va dastur bilan qamrab olinayotgan aholi soni:

    16. Teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalardan foydalanish huquqi olingan vaqtdan boshlab xizmatlar ko‘rsatishning kafolatlangan muddati:

    Ilova qilinayotgan hujjatlar:

     

    1. _________________________________________________________

    2. _________________________________________________________

    3. _________________________________________________________

    Birinchi rahbar imzosi __________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)

    М.O‘.   2021 yil «___»________________

     

    Ariza ko‘rib chiqish uchun 2021 yil «___»____________da qabul qilindi.

    Masul

    _______________________________________

       (Ma'sul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)