Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatining qator maktablarida AKT soha korxona va tashkilotlari rahbarlari tomonidan “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi
    06.09.2021

    Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida, jahon hamjamiyatidagi nufuzi va obro‘sining yanada yuksalishida, hayotimizning barcha jabhasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatimizni yangilashda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muhim o‘rin tutadi.

    Mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalaridagi kabi Navoiy viloyatining bir qator umumta’lim maktablarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish soha korxona va tashkilotlari rahbarlari tomonidan “Bilimlar kuni Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

    Hususan, Vazirlikning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi Navoiy shahridagi “Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi”da, AT “Aloqabank” Navoiy filiali Navoiy shahridagi Beruniy nomidagi Davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan maktabda, Navoiy teleradiouzatish markazi Karmana tumanidagi

    8-son maktabda “Mustaqqillik darslari”da ishtirok etib, o‘quvchilarga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasiga oid muhim va qiziqarli ma’lumotlar bilan unitilmas taassurot qoldirildi.

    Mazkur tadbirlar “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida tashkil etilib, ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilarni respublikamiz davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi bilan tabriklab, O‘zbekiston mustaqillikka erishish yo‘lida olib borilgan qat’iyatli va mashaqqatli ishlar to‘g‘risida o‘quvchilarga ma’lumotlar berildi.

    Shuningdek, Navoiy viloyatida “O‘zbekiston mustaqilligi 30 yilligiga 30 ta maktab” shiori ostida umumta’lim maktablarining 30 tasida bitiruvchilarning to‘liq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari to‘g‘risidagi ma’lumot e’lon qilinib, o‘quvchi yoshlarning kelgusidagi o‘qishlariga muvofaqqiyatlar tilab, kelajakda ajoyib kasb egalari bo‘lishlari uchun hozirdanoq qunt bilan bilim olishlari ta’kidlandi.

    Manba: Axborot xizmati