Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU-BDIRU qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti abituriyentlarni o‘qishga qabul qilmoqda
    09.09.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (TATU-BDIRU) qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti abituriyentlarni “2 + 2” dasturi orqali pullik shartnoma asosida o‘qishga qabul qilmoqda.

    Bakalavriat ta’lim dasturida axborot texnologiyalari dasturiy ta’minoti, dasturlashtiriladigan mobil tizimlar, sun’iy intellekt   kabi  yo‘nalishlari bor.  

    Bakalavr ta’lim dasturi bitiruvchilariga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlari topshiriladi.

    Hujjatlarni qabul qilish kun davomida onlayn tarzda amalga oshiriladi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti veb-sayti orqali ushbu manziliga o‘tishingiz yoki  hujjatlarni TATU-BDIRU qo‘shma fakultetining qabul komissiyasiga quyidagi ko‘rsatilgan manzil orqali online yuborishingiz mumkin: https://abitur.tuit.uz.

    Telegram kanal: https://t.me/pksf2021

    Manba: Axborot xizmati