Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yil yakuniga qadar barcha maktablar “Bir million dasturchi” loyihasi bilan qamrab olinadi
    10.09.2021

    Davlatimiz rahbari bugungi videoselektor yig‘ilishida IT sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha dolzarb masalalarni sanab o‘tdi.

    Avvalo, yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi bilan qamrab olish darajasini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    Misol uchun, Toshkent shahridagi 179-maktab (o‘quvchilarning 80 foizi), Qo‘shko‘pir tumanidagi 34-maktab (65 foiz), Navoiy shahridagi 8-maktab (45 foiz) eng faol maktab sifatida namuna ko‘rsatmoqda.

    Shu bilan birga, 2 mingdan ortiq maktablarning birorta ham o‘quvchisi loyihada ishtirok etmagan.

    Prezident uch kun muddatda har bir maktab kesimida loyihada ishtirok etuvchi o‘quvchilari bo‘yicha grafikni tasdiqlab, ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunda, yil yakuniga qadar 100 ming maktab o‘quvchilarini ushbu loyiha doirasida o‘qitish qamrab olinadi.

    Bundan tashqari, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida qo‘shimcha 200 ming nafar yoshni o‘qitishni Yoshlar markazlari, “Ishga marhamat” mono-markazlari infratuzilmasi negizida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

    Viloyat, tuman va shahar hokimlariga yil yakuniga qadar barcha maktablarni “Bir million dasturchi” loyihasiga qamrab olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Buning uchun byudjetdan 100 milliard so‘m ajratiladi.

    O‘zA