Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida zamonaviy IT-markaz ish boshladi
    20.09.2021

    Bugungi kunda respublikamizning chekka tumanlarida IT bo‘yicha yangi o‘quv markazlari va shu sohaga ixtisoslashgan maktablar ochilmoqda. Bunda, albatta, yoshlarning kompyuter texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlari kundan-kunga ortib borayotgani hisobga olinmoqda.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida navbatdagi ana shunday zamonaviy o‘n beshinchi IT-markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Bo‘zatov tumani hokimi M. Qaypanov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i T. Bakeyev, IT-Park direktori F. Ibragimov hamda mahalla faollari, umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

    Shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz, zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Shu jumladan, oltita to‘garak hamda ikkita kompyuter xonalari tuman yoshlarining yuqori saviyada bilim olishlari uchun tashkil qilingan.

    IT-Markazda yoshlar veb-dasturlash, mobil robototexnika, android ilovalar yaratish, kibersport, IT- English, grafik dizayn yunalishlarida o‘qish imkoniyatlariga ega.

    Manba: Axborot xizmati