Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
    21.09.2021

    Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan Raqamli texnologiyalar o‘quv  markazida  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg’ona  viloyat hududiy boshqarmasi hamda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi rahbariyati bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasining targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

    Viloyatdagi yoshlarni zamonaviy kasbga yo‘naltirish va ularni kelajak kasbi hisoblangan IT dasturlash bo‘yicha sifatli va bepul onlayn masofaviy ta’limga jalb etish maqsadida o‘tkazilgan taqdimotda ishtirokchilarga loyihaning mazmun mohiyati, platformadan ro‘yxatdan o‘tish tartiblari, onlayn o‘quv mashg‘ulotlari va videokurslar, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va sohadagi so‘nggi yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

                                                                                                                                                 

    Manba: Axborot xizmati