Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun bepul IT kurslari tashkil etildi
    21.09.2021

    So‘nggi yillarda yurtimizda IT-sohasini rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. IT-sohasida uzluksiz taʼlim tizimi yo‘lga qo‘yilib, har bir tuman va shaharlarda IT-markazlar tashkillashtirilmoqda. Mazkur IT-markazlarda nafaqat yoshlarni, balki aholini barcha qatlamlarini o’qitish imkoniyatlari yaratilgan.

    Aholining imkoniyati cheklangan vakillarini IT sohasida daromad topishga o’rgatish maqsadida Jizzax viloyati, Paxtakor tumanida joylashgan IT-markazda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun bepul o‘quv kurslari tashkil etildi.

    Nogironlar jamiyati Paxtakor tuman bo‘limi tomonidan nogironlarni IT sohasida kasbga o‘qitish maqsadida Paxtakor tumanida joylashgan IT–markazga kompyuter, rangli printer, proyektor va mebel jihozlari beg‘araz foydalanish maqsadida topshirildi. Endilikda tumandagi barcha imkoniyati cheklangan fuqarolar IT-markazga tashrif buyirib IT-sohasida bepul o’quv kurslarida ta’lim olishlari mumkin.
     

     

    Manba: Axborot xizmati