Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘quv seminarlar o‘tkazildi
    22.09.2021

    Jizzax viloyatining Forish tumani, Sh.Rashidov tumani, Baxmal tumani, Zomin tumani, G'allaorol tumanlaridagi maktablarda o‘quv seminarlar bo‘lib o‘tdi. Darslar davomida o‘quvchilarga IT-markazlardagi mavjud o'quv kurslari, uning faoliyati va “Bir million dasturchi” loyihasi haqida ma'lumotlar berildi.

    Tumanlarda yoshlarni zamonaviy kasbga yo‘naltirish va ularni kelajak kasbi hisoblangan IT dasturlash bo‘yicha sifatli va bepul onlayn masofaviy ta’limga jalb etish maqsadida o‘tkazilgan taqdimotlar, targ‘ibot tadbirlarida va ochiq darslarda ishtirokchilarga loyihaning mazmun mohiyati, platformadan ro‘yxatdan o‘tish tartiblari, onlayn o‘quv mashg‘ulotlari va videodarslar, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va sohadagi so‘nggi yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.

    O‘tkazilgan o‘quv seminari doirasida umumiy 500 dan ziyod o‘quvchilar qamrab olindi.

     

    Manba: Axborot xizmati