Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
    15.09.2021

    Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 10-sentabr kuni IT sohasida kadrlar tayyorlash   bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, bir qator topshiriqlar berilgan edi.

    Xususan, aholi va yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham aytib o‘tildi. Ta’kidlash lozimki, hozirda 151 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyat yuritib, ularda joriy yilda 27 mingdan ortiq tinglovchilar o‘qitildi. Ushbu markazlar faoliyatini kengaytirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yana shunday o‘quv maskanlarini  tashkil etish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda.

    Unga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao'zak tumanida navbatdagi Raqamli texnologiyalar  o‘quv markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

    Ushbu marosimda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

    Yangi o'quv markazida yoshlarimiz mobil va veb dasturlash, mobil robototexnika, kibersport, IT-English sohalarini o'rganish imkoniyatiga ega.

    Tadbir doirasida mehmonlar va o'quvchi-yoshlar IT markazining yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.