Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Chirchiq shahridagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun IT kurslar tashkil etildi
    22.09.2021

    IT Park va “Meros” xayriya jamg‘armasi tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun IT kurslar tashkil etildi.

    Marosimda Chirchiq shahar Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi mutaxassislari va Mehribonlik uyi jamoasi ishtirok etishdi.

    Tadbirda oʻquvchilarga “Meros” xayriya jamg'armasi tomonidan sovg’alar berildi va Respublikamizdagi barcha IT-markazlarda bepul o'qish uchun kuponlar topshirildi. Shu bilan birga ular uchun dasturlash bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

    Marosim yakunida kelgan mehmonlarga Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.