Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri TATU Samarqand filiali faoliyati bilan tanishdi
    24.09.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov xizmat safari doirasida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Uchrashuv davomida talabalar tomonidan yaratilgan yangi g‘oyalar, innovatsion texnologiyalar bilan tanishib,  filial hududida qurilishi rejalashtirilgan yotoqxona binosining zamonaviy  loyihasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

     Shuningdek, filialning “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha 4-bosqich talabalariga “Telekommikatsiya injiniringi” kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Xidirov tomonidan “Multimediyali aloqa tarmoqlari” fanidan o‘tilayotgan amaliy mashg‘ulotiga kirib, talabalarning  bilim olish jarayoni va ularga yaratilgan shart-sharoitlar  bilan tanishdi.