Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston va Qozon shahri IT Parklari o‘rtasida memorandum imzolandi
    24.09.2021

    “Kazan Digital Week – 2021” xalqaro forumi doirasida IT Park xalqaro hamkorlar –  “MIZ Innopolis” AJ va Qozon IT Parki bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi.

    Uchrashuv davomida AJ “MIZ Innopolis” direktori axborot texnologiyalari sektori va ekotizimining o‘sishi va rivojlanishini hamda O‘zbekistonda IT Park tashkil etilganidan buyon istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rib “IT Park Uzbekistan” bilan hamkorlik qilish muhimligini qayd etdi. 

    Uchrashuvda har ikki tomon rezidentlariga O‘zbekiston Respublikasi va Tatariston Respublikasi bozoriga chiqishda ko‘maklashish, milliy ishlab chiqaruvchilarning dasturiy mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorlarga ishlab chiqish, ilgari surish, eksport qilish, rezidentlar faoliyati uchun shart-sharoitlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish, tomonlarning innovatsiyalarga bag‘ishlangan forumlari, konferensiyalari, ko‘rgazmalari, seminarlari va boshqa tadbirlarini tashkil etish va ishtirok etish kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.

    Bundan tashqari, “MIZ Innopolis” AJ bilan tuzilgan shartnoma doirasida IT sohasida kadrlarni qidirish, baholash, rag‘batlantirish va boshqarish bilan shug‘ullanadigan xodimlarning malakasini oshirishga ko‘maklashish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, 19-oktabrda, IT resident kompaniyalari uchun shartnoma asosida o‘quv moduli boshlanadi.

     “IT Park Uzbekistan” va Qozon shahri “IT Park” yaqin orada axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha  rejalar muhokama qilindi.

    Ikkita muhim hamkorlik bitimining imzolanishi har ikki mamlakatning axborot texnologiyalari sektori va startap ekotizimini yangi bosqichga olib chiqishga va O‘zbekistondagi ishlab chiquvchilar va startap egalariga xalqaro bozorga chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yordam beradi.