Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyati maktablarida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
    27.09.2021

     Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida informatika fani o‘qituvchilari va maktab o’quvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasining maqsadi va ahamiyati, axborot texnologiyasi sohasining bugungi kundagi o‘rni va dolzarbligi, yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va yo‘naltirish masalalari bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda.

    Shuningdek, tadbirlar davomida viloyatda tashkil qilingan IT markazlar, ularning faoliyati va tashkil qilingan o’quv kurslari bo’yicha ham qo’shimcha ma’lumotlar berib borilmoqda. Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.