Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand shahrida “Bir million dasturchi” doirasida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
    27.09.2021

    IT Park  Samarqand filiali binosida Samarqand shahar IT-markaz xodimlari tomonidan o‘quvchi yoshlar uchun “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha semenar dars bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu seminarda 60 ga yaqin o‘quvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.  Seminarda  "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida maktablarda o'quvchilarni loyihaga to'g'ri yo'naltirish, dasturlash sohasini mukammal egallashlari uchun ularni “One Million Uzbek Coders” platformasidan ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha tushunchalar berildi.